O‘zbekiston va Qirg‘iziston ekologik ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
2024-07-19 13:30:00 / Yangiliklar
Maqsad Qirgʻiz Respublikasi talabalari uchun "Green University"da oʻqish uchun grant dasturini yaratish, mintaqaviy hamkorlik va barqaror rivojlanish, ekologik tadqiqotlar va iqlim oʻzgarishi sohalarida salohiyatni oshirishga koʻmaklashishdir.
Shuningdek, yuqori martabali mehmonga mamlakatimizda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi, universitet bo‘ylab tanishuv ekskursiyasi uyushtirildi va zarur jihozlar, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, katta kutubxona, sport zali va talabalar uchun yaratilgan boshqa qulayliklar bilan tanishtirildi.
Ma'lumot uchun, memorandum akademik almashinuvni rag‘batlantirish, ekologik bilimlarni kengaytirish va umumiy ekologik muammolarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Grant dasturi 2024–2025-o‘quv yilida boshlanadi.