Orol dengizini qo‘llab-quvvatlash uchun: har yili o‘tkaziladigan Aral Sea Eco Marathon Orol dengizi xalqaro e’tiborni tortmoqda
2024-06-26 09:05:00 / Yangiliklar
Orol dengizining qurigan qismida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan 23-iyun kuni Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlab “Aral Sea Eco Marathon” (“Orol dengizida eko-marafon”) bo‘lib o‘tdi.
Marafonda Keniya, Togo, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Pokiston, Filippin va O‘zbekistondan 12 nafar sportchi ishtirok etdi. Ular 42 km 195 m masofaga yugurishdi. Unda yurtimizdan Alimardon Sobirov, Denis Mambetov, Nurbek Husanov, Andrey Kulikov qatnashdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Orol dengizining ekologik halokati va suv resurslaridan oqilona foydalanish zarurligiga dunyo e’tiborini jalb qilishdan iborat.
4 soat-u 43 daqiqa yo‘l bosib o‘tgan sportchilar Orolbo‘yi fojiasi naqadar jiddiy ekanini ta'kidlab, jahon hamjamiyatini suv resurslaridan oqilona foydalanishga chaqirdi.