Noqonuniy tarzda yer qazigan huquqbuzarga chora ko’rildi
2024-06-25 15:25:00 / Yangiliklar
Farg’ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Rishton tuman bo’limi inspektorlari va Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida tumanning "Dasht Pandigon" MFY hududidagi zovur boʻyi muhofaza mintaqasida fuqaro Sh.B. tomonidan noqonuniy ravishda o‘ziga tegishli bo‘lgan ekskavator yordamida yer qazib, muhofaza hududi rejimini buzganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Sh.B. bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari - 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Ayni damda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.