Asosiy kontentga o'tish

Jahon banki bilan ekologiya sohasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi

2024-06-12 17:10:00 / Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi global amaliyot va atrof-muhit bo'yicha menejeri Sanjay Shrivastava o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ikki taraflama hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirishdi. Shundan so‘ng mehmonlarga mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, soha faoliyatini institutsional isloh etish, monitoring jarayonlarini takomillashtirish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo'yicha  amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. 

Uchrashuvda O‘zbekistonda havo sifatini boshqarish tizimlarini tahlil qilish, Toshkent shahrida kichik PM2,5 zarrachalari konsentratsiyasi manbalarini aniqlash uchun havo ifloslanishini zamonaviy modellashtirish, atrof-muhit ifloslanishining inson salomatligiga ta’sirini baholash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish taklif etildi. 

Yakunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

517

Oxirgi yangilanish: 2024-06-12 17:17:53

Jahon banki bilan ekologiya sohasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi