O‘zbekistondan 2 dona sariq sor jo‘jasining olib chiqib ketilishiga chek qo'yildi
2024-06-07 17:15:00 / Yangiliklar
Hozirda mazkur holat yuzasidan sud organlariga yuborish maqsadida tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Olib qo'yilgan sariq sor jo‘jalar vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga jo‘natilgan bo'lib, hozirda ular keyingi reabilitatsiya uchun karantinga olingan.
Maʼlumot o'rnida, Sariq sor (Buteo rufinus) — yirtqich qushlar turkumiga mansub (Accipitridae). U Oʻrta yer dengizi mintaqasida, xususan Shimoliy Afrika, Gretsiya, Turkiya, shuningdek, Kavkaz va Arabiston yarim orollari va Markaziy Osiyoda uchraydi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha qator xalqaro Konvensiya va Bitimlarga muvofiq hayvonot dunyosi bilan bog'liq jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aynan bu borada 2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi hamda 2028-yilgacha O'zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlangan edi. Mamlakatimizda BMT Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda 2022-yilda Kunming-Monreal global dasturi (GBF) qabul qilingandan so‘ng o‘zining Bioxilma-xillik strategiyasini yangilash bo‘yicha birinchilardan bo‘lib tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.