Italiya Markaziy Osiyoga ekologik muammolarga qarshi kurashda yordam beradi
2024-05-30 16:40:00 / Yangiliklar
Tadbirni Italiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari E.Chirielli kirish so‘zi bilan ochdi va O‘zbekiston hukumati tomonidan Orol dengizi bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, Italiya hukumati Markaziy Osiyodagi ekologik va suv muammolarini hal qilishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
J. Kazbekov oʻz nutqida Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirishning asosiy tamoyillari, yaʼni “yashil” rivojlanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QEM) ulushini oshirish, ekologik toza transportni joriy etish va 2030-yilgacha yashil maydonlarni respublikalar hududining 30 foiziga yetkazish haqida gapirdi. Vazir oʻrinbosari ekologik muammolarni hal etishda ilmiy asoslangan yondashuv zarurligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish universiteti ("Green University") negizida Italiyaning yetakchi ilmiy muassasalari bilan ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni oshirishga tayyorligini bildirdi,
J. Kazbekov transchegaraviy sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik holatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi Orolbo‘yi ekotizimini tiklash bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Sessiya davomida ishtirokchilarga Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi, muzliklarning intensiv erishi, energiya xavfsizligi va uglerod neytralligiga erishish uchun yashil energiyaga o‘tishning ahamiyati va boshqa ekologik muammolar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, "Sogesid S.p.A" davlat injiniring kompaniyasining bosh ijrochi direktori. E.Stravato Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqlim o‘zgarishining oldini olish, suv resurslarini tejash, cho‘llanishga qarshi kurashish, bioxilma-xillikni saqlash, tuproqni tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga qaratilgan loyihalarga e'tibor qaratdi.
Shu bilan birga, loyihalarni samarali amalga oshirish uchun Rim universitetlari ("Tor Vergata" va "La Sapienza"), xalqaro moliya institutlari va "RemTech" (Hududlarni tiklash, qayta tiklash va barqaror rivojlantirishga ixtisoslashgan Italiya ekologik texnologiyalar Markazi) bilan yaqin aloqalar o‘rnatiladi.
Sessiya yakunida Italiya hamkorlikni rivojlantirish agentligi (AICS) va "Sogesid S.p.A" davlat injiniring kompaniyasi o‘rtasida Markaziy Osiyodagi Orol dengizi havzasida atrof-muhitni tiklashga qaratilgan deklaratsiya imzolandi.