Toshkentda "Aral dream" loyihasining yakuniy hisobot ko'rgazmasi o‘tkaziladi!
2024-05-20 12:10:00 / Yangiliklar
28-may kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida "Aral dream" ko'chma ko'rgazmalar loyihasining yakuniy hisobot ko'rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma Urganch shahridagi O'zbekiston Zamonaviy san'ati muzeyi tomonidan Ekologiya vazirligi hamkorligida tashkil qilinadi. Unda 7 ta rassom tomonidan yaratilgan 60 ga yaqin tasviriy va grafik asarlar namoyish etiladi.
Ma'lumot uchun, mazkur loyiha 2022-yilda boshlangan. 7 ta rassom Orol dengizi va Mo'ynoqda ijod qilishgan. Bugunga qadar ushbu ko'rgazma yurtimiz bo'ylab har bir viloyat muzeylarida o'tkazilib, jami 75 ming nafarga yaqin tasviriy san'at ixlosmandlarini o‘ziga jalb qilgan.
Ko‘rgazma manzili: Ekologiya vazirligi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko'chasi, 7-a uy)
Vaqti: 15:00