Surxondaryoda onlayn kameralar orqali chiqindi tashlash bilan bog'liq huquqbuzarliklar aniqlanmoqda
2024-05-16 12:20:00 / Yangiliklar
Xususan, Termiz shahar "Do‘stlik" MFYda fuqarolar J. M., O.Q., A.B., B.N.lar tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlangan. Shuningdek, Termiz shahar "Alpomish" MFY hamda Z.M.Bobur mahallasi hududida fuqarolar L.K. va H.I. xuddi shunday huquqbuzarlikni sodir qilgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan har bir huquqbuzarga MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima belgilandi. Z.M.Bobur mahallasida chiqindi tashlagan H.I.ga nisbatan esa MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma tuzildi va BHMning 3 baravari — 1 million 20 ming so‘m jarima qo‘llanildi.
Ma'lumot uchun, onlayn kuzatuv kameralari nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.