Jizzaxda noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 23 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazdi
2024-05-08 11:35:00 / Yangiliklar
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, Arnasoy bo‘limida o‘tkazilgan reyd davomida, Sh.Rashidov tumani, "Qatortol" MFYda yashovchi fuqaro J. Z. tomonidan 1 dona rezina qayiq va 65x65 mm o‘lchamdagi leskali to‘rlardan foydalangan holda noqonuniy baliq ovlangani ma'lum bo‘ldi.
Huquqbuzarlar jami 34 bosh — 20 bosh zog‘ora (sazan), 6 bosh oqsila (sudak), 4 bosh do‘ngpeshona (tolstolob) va 4 bosh tovonbaliq (karas) baliqlarini noqonuniy ravishda ovlashgan. Ular hayvonot dunyosiga jami 23 mln 936 ming so‘m miqdorida zarar yetkazishgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida Forish tuman sudiga yuborilmoqda.