Asosiy kontentga o'tish

Matbuot xizmati aloqalari

Quyidagilar vazirligi Axborot xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

- Vazirlik rahbariyati tomonidan belgilanadigan sohada axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;

- Vazirlik faoliyati doirasidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan loyihalar, normativ-huquqiy hujjatlarning mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;

- Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Vazirlik faoliyatining dolzarb jihatlarini, shuningdek axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirilishi masalalarini yoritish;

- Internet tarmog‘ida Vazirlikning veb-resursini (rasmiy veb-saytini) tashkil etish, unga sohaga oid axborotlarni muntazam joylashtirib borish.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

Sizga Axborot xizmati doimiy hamkorlikka tayyor ekanligini, Vazirlik faoliyatiga oid tahliliy ma'lumot va sharhlarni olishingizga ko'maklashishga tayyor ekanini bildiramiz. Har bir murojaatingizga nisbatan sifatli va o'z vaqtida munosabat bildiriladi.

Vazirlik Axborot xizmati Sizning so'rovlaringiz yuzasidan sifatli material tayyorlash yuzasidan tizimdagi korxona va tashkilotlar ham jalb qilinadi.

Shuningdek, siz ommaviy axborot vositasi vakili sifatida Vazirlik veb-saytida elektron akkreditatsiyadan o'tish imkoniyatiga ham egasiz.  

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasiga oid maqola, lavha hamda intervyular tayyorlashda hamkorlik uchun Axborot xizmatiga murojaat qiling.

Тel.: +99871 238-41-75

Faks: +99871 239-81-79

Elektron pochta: press@digital.uz

 

6124

Oxirgi yangilanish: 2023-09-27 14:09:00