Asosiy kontentga o'tish

OAVni akkreditatsiyalashga buyurtma

«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi 243-son qaroriga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi hamda uning tizimidagi muassasalar faoliyatining o‘z vaqtida va xolisona yoritilishini ta’minlash, OAV vakillariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida, OAV vakillari vazirlik huzurida onlayn akkreditatsiyadan o‘tishlari mumkin.

Muxbirlarni akkreditatsiya qilish, akkreditatsiya qilingan muxbirlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari yuqorida ko‘rsatilgan qaror nizomiga muvofiq tasdiqlangan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi huzurida o‘z vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazish istagida bo‘lgan OAVdan bosh muharrir nomidan rasmiy blankada, imzo va muhr ko‘rsatilgan holda buyurtmanoma yuborilishi lozim. Ushbu buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  • ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
  • ixtisoslashuvi;
  • tarqalish hududi;
  • elektron pochta manzili;
  • tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
  • akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.

Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi.

Ommaviy axborot vositalari muxbirlarini akkreditatsiya qilish sxemasi
 

* belgisi bilan belgilangan katakchalar to'ldirilishi shart.

 

5558

Oxirgi yangilanish: 2023-02-23 16:48:07