“IT-Live” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishildi
2025-02-06 14:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugungi kunda o‘quv markaz 200 nafardan ortiq yoshlarga dasturlashning Foundation, FrontEnd, Backend yo‘nalishlari bo‘yicha hamda ingliz tili bo‘yicha ta’lim berib kelmoqda. Bu esa IT sohasi mutaxassislarini tayyorlash hamda ularning kelajakdagi kasbiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Tashrif davomida vazir markaz faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qancha tavsiyalar berdi. Jumladan, IT ta’limini yanada kengaytirish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida o‘quv markazi mutasaddilari o‘z rejalari bilan tanilishildi hamda kelgusida yangi yo‘nalishlarni kengaytirish, yoshlarning IT sohasida bilim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash va viloyatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha takliflarni ilgari surdi.