Turkiyada Islom hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va savdo hamkorlik qo‘mitasining 40-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2024-11-04 23:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Turkiyaning Istanbul shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va savdo hamkorlik qo‘mitasining (COMCEC) 40-sessiyasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muhim tadbirda IHTga aʼzo davlatlar, jumladan, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr, Eron, Indoneziya, Pokiston kabi 50 dan ortiq vakillar qatnashdi. Ushbu yig‘ilish Islom olamining eng muhim iqtisodiy va tijoriy hamkorlik platformalaridan biri hisoblanadi va a’zo davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va integratsiyani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Sessiya dolzarb iqtisodiy masalalarni muhokama qilish va islom davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi.
Maʼlumot uchun: COMCEC 1984-yilda oʻz aʼzolari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni va savdoni rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Ushbu tashkilot o‘zining butun faoliyati davomida IHT mamlakatlarida turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shma iqtisodiy tashabbus va loyihalarni amalga oshirishning asosiy vositasiga aylandi.
Ochilish marosimiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raislik qildi. U o‘z nutqida kambag‘allikka qarshi kurashish, raqamli transformatsiya sohasida hamkorlik va moliyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish kabi muhim masalalarga to‘xtaldi. Erdo‘g‘an, IHT davlatlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari fuqarolarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligini ta’kidladi.
Sessiyada, shuningdek, nufuzli mehmonlar, jumladan, IHT Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toxi barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Al-Jaserning barqaror rivojlanish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi ma'lumotlari to‘g‘risidagi ma’ruzalari tinglandi.
Bundan tashqari, Islom Savdo va taraqqiyot palatasi prezidenti Abdulla Solih Kamel iqtisodiy barqarorlikni oshirish uchun savdo va sarmoya sohasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidladi.
Panel sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov raqamli infratuzilma va transformatsiya sohasidagi olib borilayotgan ishlar bilan o‘rtoqlashdi. Vazir O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishganini ta’kidladi.
Vazir Sherzod Shermatov, shuningdek, xalqaro hamkorlikning ahamiyatiga to‘xtalib, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning “UN Public Service Forum 2025”ga mamlakatlar delegatsiyalarini taklif etdi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston erishgan yutuqlarni va uning mintaqani raqamli transformatsiyalashdagi muhim rolini yuqori baholadilar.