Qoraqalpog‘iston Respublikasi bir necha tumanlari aholi vakillarining elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalari oshirildi
2024-06-13 16:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakili tomonidan Qonliko‘l Taxiatash, Qo‘ng‘irot, va Mo‘ynoq tumanlari aholisi uchun elektron xizmatlardan samarali foydalanish mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida fuqarolarga my.gov.uz portalida mavjud elektron xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi hamda pullik xizmatlar uchun taqdim etiladigan chegirmalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Yagona portaldagi “Fuqarolik”, “Ma’lumotnomalar” hamda “Soliq” sohalariga oid xizmatlardan foydalanish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga Yagona portalning MyGov mobil ilovasida mavjud imkoniyatlar tushuntirildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.