Poytaxtda “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
2024-05-01 16:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada 200 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar o‘z mahsulotlari (mebel, tekstil, poyabzal, sport, oziq-ovqat, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi tovarlar) bilan qatnashmoqda.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida 300 ga yaqin tadbirkorlar bilan hududlarda masofadan turib savdolar tashkil etiladi.
Ko‘rgazma ertaga, 2-may kuni ham davom etadi.