Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xodimi Kadirova Saltanat Mirbosidovna“Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonibilan taqdirlandi.
Ushbu mukofot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali marosimda topshirildi.
S.Kadirova koʻp yillar davomida davlat xizmatida samarali faoliyat koʻrsatib, el-yurt oldidagi xizmatlari, boy mehnat tajribasi, hayotiy hikmatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasi, oilasidagi maʼrifiy muhit bilan boshqalarga oʻrnak boʻlishni hayot tarziga aylantirganligi uchun ushbu mukofotga munosib koʻrildi.
Davaktiv agentligi jamoasi Saltanat Kadirovani ushbuyuksak mukofot bilan muborakbod etib, oilasiga хotirjamlik va farovonlik, kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaydi!