Asosiy kontentga o'tish

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar


Xalqaro Mehnat tashkiloti bosh direktori janob Jilber Ungbo boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi “Devori ko‘ndalang” mahallasida ham bo‘lib, “yettilik” ish faoliyati, vazifalari hamda ular tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi. 


Mehmonlar “mahalla yettiligi” faoliyatiga ijobiy fikr bildirib, bu tizim aholini qiynab kelayotgan masalalarni mahallaning o‘zida hal etishga ko‘mak berayotganini yuqori baholadi.

Tashrif davomida aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha “Devori ko‘ndalang” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. 

Delegatsiya a’zolari mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar vakillari bilan samimiy muloqot qildi.  Mehmonlarga o‘zbek milliy an’analari va qadriyatlari namoyish etildi.

Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda “31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan bugun “Shahidlar xotirasi” majmuasida  “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bir guruh xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda o‘tgan asr boshida yurtimizda kechgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, Vatan ozodligi uchun kurashgan xalqimiz oydinlari hayoti va faoliyati xususida so‘z yuritildi. 

Ziyolilarning qatag‘on qilinishi sabablari va oqibatlari, bugungi dorilomon kunlarga erishishda ularning hissasi hamda qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimiz nomini oqlash, xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xayrli ishlar e’tirof qilindi.



 

Tizimda ishlayotgan yoshlar nima deydi?

Xabar berganimizdek, kecha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva vazirlik tizimda ishlayotgan sirdaryolik yoshlar bilan uchrashdi. (https://t.me/mehnatvazirligi/17468)


Vazir o‘rinbosari yoshlar bilan o‘z bilim va tajribasini bo‘lishdi, ularni bugungi sharoitlardan samarali foydalanishga undadi.

 

Muloqotda tizim yoshlari bir qator takliflarni o‘rtaga tashladi. Xususan, Sirdaryoda vazirlik bilan hamkorlikda “Yoshlar bog‘i”ni barpo etish, talabgor yoshlarga uy-joy olishlariga ko‘maklashish, xodimlar uchun ixtisoslashgan dam olish va salomatlikni tiklash maskanini ochish bo‘yicha ham takliflar bildirildi. 

Shuningdek, yoshlar bilan kelajakda qilinadigan ishlar, yangi rejalar belgilab olindi.



Milliy libos — milliy iftixor ifodasi!

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi opa-singillarimizga mos ibo va hayoni aks ettirgan milliy liboslarimiz targ‘ibotini qo’llab quvvatlaydi!






IKKI BUYUK DAHOGA EHTIROM

 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida ulug‘ bobokalonlarimiz Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag‘ishlab, ma’naviy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

  Vazir o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva kirish so‘zi bilan ochib bergan kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari – taniqli shoir Rustam Mirvohid hamda filologiya fanlari doktori, yosh olim  Gʻofur Hamroyev ulug‘ bobokalonlarimiz hayoti va ijodi haqida ma’ruza qildi.

Diltortar she’r va g‘azallar davra suhbatiga o‘zgacha mazmun baxsh etdi.

23

Oxirgi yangilanish: 2024-09-18 19:16:22