Asosiy kontentga o'tish

Gender tenglik

“Ижтимоий адолатни таъминлашда меҳнат меъёрларининг аҳамияти” йўналишида 1-панел сессиясидан фото лавҳалар









Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda “Bandlik va ijtimoiy himoyani uyg‘unlashtirish orqali O‘zbekistonda ijtimoiy adolat  tamoyillarini mustahkamlash” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Anjumanda Xalqaro Mehnat tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari, diplomatik korpus vakillari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etdi.

 

So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi hamda Xalqaro Mehnat tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlik aloqalari natijasida mamlakatimiz mehnat sohasida yuqori natijalarga erishayotganini qayd etdi. 

Xususan, majburiy va bolalar mehnatiga to‘liq barham berilib, yashil iqtisodiyotga asoslangan munosib mehnat sharoitlarini joriy etishga jadal kirishilgani, O‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykotning bekor qilinishi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilab, jahonning mashhur brendlari mamlakatimiz bozoriga kirib kelganligi alohida e’tirof etildi. 

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylanishini mamlakatimizning mehnat sohasidagi yutuqlari e’tirofi, qolaversa ushbu tashkilot bilan yo‘lga qo‘ygan yaqin hamkorligining samarasi deyish mumkin. 

Ma’muriy Kengashga a’zolik davlatimiz uchun mehnat va ijtimoiy adolat masalalari bo‘yicha global kun tartibini shakllantirish va amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etish, ijtimoiy mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha konstruktiv takliflar kiritish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 

Ma’lumki inson huquqlarini himoya qilish, munosib ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyani mustahkamlash “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ajralmas qismi sanaladi. 

Bu borada kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasiga katta e’tibor qaratilib, kasb-hunarga o‘qitish markazlari tarmog‘i kengaymoqda. Tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilmoqda. “Yashil” ish o‘rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi va qishloq xo‘jaligi kabi ekologik toza tarmoqlar jadal rivojlanmoqda. 



Amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekistondagi bandlik ko‘rsatkichlariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi 2020-yildagi 10,5% dan 2024 yilga kelib 6,8 % ga tushdi.

Kambag‘allik darajasi esa 2021-yildagi 17 %dan 2023-yil so‘nggiga kelib 11%ga tushdi.

Anjuman doirasida tashkil etilgan panel sessiyalarda ishtirokchilar "Mehnat me’yorlari va huquqlarining bugungi kundagi holati", "Fuqarolik faollik va mehnat huquqlari uchun maydon", "Mehnat huquqlarini himoya qilishning istiqboldagi yo‘nalishlari", "Yashil iqtisodga”ga o‘tish uchun munosib mehnat ish o‘rinlarini moliyalashtirish" va boshqa mavzulardagi ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.



“Qirsadaq” mahallasi misolida xotin-qizlar bandligi ta’minlanadi

   Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l hamda Oqqo‘rg‘on tumanlarida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini mahalladan boshlash bo‘yicha namunaviy tizim ishlab chiqilgan edi.

   Ishchi guruh tashrifidan so‘ng, “Qirsadaq” mahallasida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha ishlar mutlaqo yangicha yondashuv va tizim asosida yo‘lga qo‘yildi.

    Jumladan, respublika bo‘yicha mahallalar kesimida ishlash istagini bildirgan 589 ming xotin-qizlarning dastlabki ro‘yxati shakllantirilib, hududlar kesimida 2024-yilda 252 885 nafar xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi.

   Qolaversa, Xalq banki, Mikrokreditbank, Biznesni rivojlantirish banki orqali xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid 250 ta tavsiyaviy biznes-loyiha tayyorlandi. 

   Ushbu ishlarni respublikaning barcha hududlarida joriy etish maqsadida selektor tarzida  o'tkazilgan  respublika seminarida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri o'rinbosari Ra'no Turdiboyeva ayollar bandligiga ko'maklashish borasidagi ishlar yuzasidan hisobot berdi. 

Ma’lumot uchun, Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan 2024-yilda 9 442 ta mahalladagi 580 ming nafarga yaqin ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash, 205 ming nafar xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash, oilaviy tadbirkorlik uchun kreditlarning kamida 40 foizi ayollar taklif etgan loyihalarga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Vazirlik va uning tizimida “Genderga oid audit” tekshiruvi  o‘tkazilmoqda

Joriy yilning may-iyun oylari davomida kuni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Genderga oid audit o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan  o‘rganish o‘tkazilmoqda.

Ma’lumki, 2022 yil 15 dekabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” O‘RQ-809-son Qonuni asosan Genderga oid auditni o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yuklatilgan bo‘lib, tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘tkazilishi belgilangan.

Bunda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, shuningdek genderga doir kompleks yondashuv o‘rganiladi hamda baholanadi.

Genderga oid auditning asosiy vazifalari:

  • davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbatini o‘rganadi.
  • davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatini genderga doir kompleks yondashuv asosida tashkil etganligi holatini o‘rganib chiqadi.
  • xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi qonunchilikning ijro etilish holatini baholaydi.

Shuningdek ishchi guruhi tomonidan vazirlikda Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashini tashkil etilganligi hamda uning faoliyati shuningdek vazirlik markaziy apparati va uning tizimida umumiy xodimlar soni xotin-qizlar va erkaklar foizlarda ko‘rsatkichlari, zaxira kadrlar bazasi, kasbiy tayyorgarligi, malaka oshirganligi, xodimlarning salomatligi, genderga doir kompleks yondashuv asosida davlat dasturlari va yo‘l xaritalari va chora-tadbirlari ijrosi, lokal hujjatlarda mehnat munosabatlariga oid ish beruvchining yakka tartibdagi qabul qilingan hujjatlari mehnat shartnomalari, jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi, Ichki mehnat tartibi qoidalari dam olish vaqtlari, mehnatga haq to‘lash, rag‘batlantirish, intizomiy jazolar, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligi o‘rganilmoqda.


 

Yangi O’zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini istiqboldagi maqsadlarini amalga oshirishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining o‘rni”  mavzusida  amaliy seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Genderga oid audit o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan “Yangi O’zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini istiqboldagi maqsadlarini amalga oshirishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining o‘rni” mazusida amaliy seminar trening tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Turdiboeva Ra’no Eshovna kirish so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunni ijrosi shuningdek, bugungi kunda vazirlikda gender tenglik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib hozirgi kunda vazirlikda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda vazirlik va idoralardan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan genderga oid audit o‘tkazilayotganligi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Seminarda bir necha ma’ruzachilar ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Bosh mehnat texnik inspektori To‘ychiev Dusmurod To‘ychievich 2022-yil 15-dekabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” O‘RQ-809-son Qonuni bilan “genderga oid audit” to‘g‘risida yangi mexanizm kiritilganligi, maxsus normalar bilan uning asosiy vazifalari, genderga oid auditni o‘tkazish hamda uning natijalarini ko‘rib chiqish tartibi mustahkamlanganligi haqida gapirib, genderga oid auditni o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yuklatilgan bo‘lib, tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazilayotganligi aytib o‘tildi.

Aynan mana shu audit doirasida ishchi guruhning mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan amaliy seminarda mutaxassislar tomonidan “Davlat organlari va tashkilotlarida gender auditni o‘tkazish uslubiyati to‘g‘risida”, “O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash masalalari, erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar” hamda gender bo‘yicha qonunchiliklarning mazmuniga batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

“O’zbekistonda olib borilgan gender siyosati inson huquqlarini kafolatlanishing muhim mezoni ” mavzusida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, falsafa doktori, dotsent Mohira Xoliqova tomonidan xodimlar uchun qiziqarli amaliy -trening tashkil etildi.

O‘zaro savol-javoblar va suhbat tarzida tashkil etilgan ushbu seminarda xodimlar mazkur yo‘nalishdagi bilimlarini yana mustahkamlab olishdi.



Ayni  kunlarda Malayziya davlatida Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva ham ishtirok etdi.



Tadbirda vazir oʻrinbosari mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar shuningdek Xalqaro mehnat qonunchiligida gender tenglik normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etilishi yuzasidan ma'ruza qildi.  



Oxirgi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari sezilari oʻsishga erishmoqda. Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashda gender tenglik prinsiplariga rioya etilishi bo‘yicha qator davlatlar bilan birga Malayziya tajribalari ham oʻrganilmoqda. 

Tadbirda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish hamda loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.
Malayziyaning kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish boʻyicha “Madani” hamda kam taʼminlangan oilalar bilan ishlash yo‘nalishida "E-Kasix" va "Azam" dasturlari mavjud.


----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva Turkiyada ushbu davlatning Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi rahbariyati bilan uchrashdi. 

Muloqotda gender tenglik prinsiplariga rioya qilgan holda milliy malaka tizimini rivojlantirish, shu jumladan kasbiy standartlarni ishlab chiqish, oʻquv dasturlarini tayyorlash va malakani baholash boʻyicha tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuvda ayni yoʻnalishlar boʻyicha anglashuv memorandumini imzolab, yoʻl xaritasini ishlab chiqishga kelishib olindi. Shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislarini joriy yil davomida tajriba almashish maqsadida Turkiyaga yuborish, inson hayoti, sogʻligi va xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan kasblarni majburiy sertifikatlashtirish tizimini Oʻzbekistonda tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha ham bir qator  takliflar oʻrtaga tashlandi.

 



BMT Xotin-qizlar holati bo‘yicha komissiyasining navbatdagi sessiyasi doirasidagi Markaziy Osiyo va Ozarbayjon uchun maslahatlashuvlari Toshkentda o‘tkazildi. Uchrashuvda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili ishtirok etdi.




Turkiya Oila ishlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Turkiya davlatining gender va oilaviy zo‘ravonlik, gender tengligi va gender asosidagi zo‘ravonlik qurbonlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati, vazirlikning gender va oilaviy zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishdagi roli, shuningdek, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ayollarning reintegratsiyasi va erkaklar va huquqbuzarlar (zo‘ravonlar) bilan ishlash, bu borada idoralararo ishlash mexanizmlari va usullari, xizmatlar ko‘rsatish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha  tajribasi o‘rganildi.  Uchrashuvda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili ishtirok etdi.


 

“Biznesda gender muvozanatning roli”.

Joriy yilning 15 may kuni “Biznesda gender muvozanatning roli. Gender munosabatga yo‘naltirilgan ish beruvchi”. mavzusidagi III xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan masad ishbilarmonlik muhitida Gender siyosatida bugungi kundagi holatini muhokama qilish shuningdek gender tenglikni hisobga olgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.

Vazir o‘rinbosari R.Turdiboeva hamda xalqaro ekspertlar o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, bugungi kunda O‘zbekistonda ish beruvchilarning aholi bandligini ta’minlashda gender tenglik ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar shu bilan bir qatorda ayollarni bandligini ta’minlash ularni mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishi ularning kasb-hunarga o‘qitish, ayolning mehnat qilishi uchun hech qanday tazyiq va zo‘ravonliklarsiz unga imkoniyat va sharoitlar yaratish borasidagi dolzarb masalar muhokama qilindi.

Xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakatda gender tenglik borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi. 

Xalqaro ish beruvchilar bilan gender tenglik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini mazmun-mohiyatini fuqarolarga yetkazish uchun targ‘ibot ishlarini kuchaytirish borasida hamda gender siyosatini amalga oshirishda xalqaro munosabatlarni mustahkamlash maqsadida uch tomonlama shartnomalar imzolandi. Hujjatda barcha manfaatdor tomonlarning tomonlarning mehnat sohasida gender tenglikni ta’minlashda ularning asosiy  huquq va majburiyatlari belgilandi.

 



Gender tengligi sari muhim qadamlar

2023 yil 20 noyabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning milliy gender strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash orqali tenglikka erishish” loyihasi doirasida O‘zbekistonda gender tenglik va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishning istiqbollarini o‘rganish (Foresight) bo‘yicha trening o‘tkazildi.

Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari ham faol ishtirok etdi.

Guruh ishtirokchilari prognoz texnologiyasidan foydalangan holda 2030 va 2050 yillarga qadar gender muvozanatiga erishish uchun prognozlar va kerakli ko‘rsatkichlarni tahlil qildilar.

 Ushbu taxminlarga erishishni osonlashtiradigan shartlar muhokama qilindi hamda kerakli o‘zgarishlar uchun to‘siqlar aniqlandi.

Treningning muhim jihati kelajakda kerakli natijalarga muvaffaqiyatli erishish uchun yutuqlarni qayd etish edi.



     Yangi O‘zbekistonning -matonatli ayollari

Joriy yilning 19 mart kuni Yangi O‘zbekistonning -matonatli ayollari I-Xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, oliy ma’lumotli ayollar safini kengaytirish, ilm faoliyatga  va tadbirkorlikka jalb etish hamda ularning bandligini ta’minlash, kelajak avlod va farzand tarbiyasida, oilada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishda ayollarning o‘rni muhimligi hamda ularning tibbiy madaniyatini oshirish shuningdek, Sharq ayollariningmilliy liboslarini ko‘rgazmali chiqishlar, Sharq ayollarining ma’rifatli matonati  Matonatli ayol kecha va bugan , Turkiya ayollari ta’limi, gender tenglik bo‘yicha xalqaro tajribalar almashildi.

Forum ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi , vazirlik , idora va tashkilotlarning mas’ul xodimlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari, ekspertlar, doktarantlar va tadqiqotchi ayollar , talaba qizlar va OAVlari ishtirok etishdi. Forumda vazir o‘rinbosari R.Turdiboeva kirish so‘zi bilan ochib berib,  Xotin-qizlar va erkaklarni bandligini ta’minlash masalalari mavzusida ma’ruza qildilar.

 

895

Oxirgi yangilanish: 2024-07-11 14:28:11