Kogon tumani hokimi koreyalik investorlar bilan uchrashdi
2025-02-13 12:05:00 / Yangiliklar

Xususan, Kogon tuman hokimi Otabek Qazoqov hamda Janubiy Koreyaning “Hyundai solar Energy Co., LT” hamda "Seonjinhitech., Ltd" kompaniyalari vakillaridan iborat xorijiy investor guruhi Kogon tumanida "Yashil energetika" yo'nalishini jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish hamda barpo etishga doir istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.
Kompaniya rahbari Kihun Yeom mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada davlat-xususiy sherikchiligi ko'payib sog'lom raqobat ortgani o'z navbatida dunyoning yirik energetika bozori sarmoyadorlarini yurtimizga keng jalb qilayotganini aytib, ushbu yo'nalishda ham jozibador investiyaviy muhit yaratilganini e'tirof etdi.
Muhokamalar davomida mazkur kompaniya quyosh hamda shamol elektrostansiyalari qurish hamda sanoat tarmoqlarini elektr energiya bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi energo tejamkor qurilmalar ishlab chiqarish barobarida, chiqindini qayta ishlab elektr toki ishlab chiqarishda ham yaxshigina tajribaga egaligi ta'kidlandi.
Uchrashuv davomida tuman hududida mazkur kompaniyalar ishtirokida bir qancha loyihalarni ishga tushirish hamda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Albatta, muzokaralarda mazkur loyiha va kelishuvlar Kogon tumanining iqtisodiy yuksalishida muvaffaqiyatli qadam bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Kun davomida mehmonlar tumanning "Zirabod massivi" hududida joylashgan "G'ijduvon erkin iqtisodiy zonasi" da barpo etilayotgan kommunikatsiya obyektlari bilan tanishdilar