“Shoxrud” va “OFS” korxonalari mehnat jamoasi ijtimoiy muhofazasida ham faol
2024-09-30 16:50:00 / Yangiliklar
Jumladan, "Shoxrud" aksionerlik jamiyatida ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda joriy yilda viloyatimizda "ijtimoiy yagona reyestori"ga kiritilgan oilalardagi ishsiz fuqarolardan 10 nafari belgilangan kvota asosida ishga qabul qilingan.
Korxonada aynan ishchi-mutaxassislarga yaratilgan imkoniyat, oylik maoshlar ta’minoti, ijtimoiy reyestrga muvofiq ko‘rilayotgan choralar mutasaddilar e’tiborida bo‘ldi. Yaqin kunlarda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida korxonada qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Respublika Savdo-sanoat palatasi mas’ullarining xuddi shunday o‘rganishlari viloyat markazidagi “OFS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida davom etdi.
Asosiy faoliyati erkaklar va ayollar uchun kostyum-shim, klassik va boshqa urfdagi kiyim-kechak tikib tayyorlanayotgan fabrikada hozirda mahsulot chet ellarga, hatto Germaniya davlatiga eksport qilinayotgani uning salohiyati va yaratilgan imkoniyatlardan dalolatdir.
Mustaqillikka tengdosh, aniqrog‘i, 1990 yildan buyon yengil sanoat, trikotaj sohasida faoliyat yuritib kelayotgan “OFS” korxonasi bugunga kelib to‘liq quvvatda 130 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlagan bo‘lib, shundan keyingi oylarda mahallada "yagona ijtimoiy reyestor"ga kiritilgan nochor oila vakillaridan 5 nafari layoqatiga qarab ish bilan ta’minlangan.
MCHJ dagi mavjud imkoniyatlar muhokama qilinar ekan, ishchi-mutaxassislar moddiy manfaatdorligini oshirishga doir taklif va ishlab chiqilayotgan yangi loyihalar eshitildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati