Asosiy kontentga o'tish

#tadbirkorlar_qabuli

2024-08-24 14:25:00 / Yangiliklar

Xabar berib borayotganimizdek, viloyat hokimi Botir Zaripov haftaning shanba kuni viloyatdagi eksportyorlar, chorvachilik, asalarichilik, quyonchilik, parrandachilik, hunarmandchilik kabi turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari, dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor fuqarolar bilan onlayn muloqot qilib, ularning murojaatlarini eshitmoqda.

Mavzu yo‘nalishidan kelib chiqib, mavjud muammolarni hal qilish choralari ko‘rilmoqda.

Maqsad yagona - ishlab chiqarishni kengaytirish orqali aholi daromadlarini oshirish.

Bugun, 24-avgust kuni joriy hafta uchun rejalashtirilgan qabul ham onlayn formatda tashkil etildi. 

Viloyat rahbari videokonfrensaloqa tarzida viloyat hokimligidagi markaziy va hududiy studiyalardan ishtirok etgan 43 nafar tadbirkorning 52 ta murojaatini tingladi. 

Murojaatlarda asosan kredit olish va olingan kredit  to‘lovlaridagi muddatni uzaytirish, binoni foydalanishga qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishga ko‘maklashish, ishlab chiqarilgan tarmoqlarini kengaytirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Ko‘tarilgan masalalarning 7 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganib chiqish va hal etish choralarini ko‘rish vazifasi bilan mas’ullarga yo‘naltirildi.

Viloyat hokimi tadbirkorlar bilan suhbatlashish jarayonida amaldagi qonunchilik doirasida ularning sa’y-harakatlarini to‘laligicha qo‘llab-quvvatlashini, har qanday muammo bo‘lsa, hududlar bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda hal qilishga tayyorligini, tadbirkorlarga  ko‘makchi ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

Xuddi shu formatdagi muloqot doimiy o‘tkazilishi belgilandi. Bu borada viloyat hokimligining internetdagi rasmiy sahifalari orqali qo‘shimcha xabar beriladi. 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

1893

Oxirgi yangilanish: 2024-08-24 14:33:19

#tadbirkorlar_qabuli