“Sud-odil sudlov qo‘rg‘oni” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
2025-03-15 14:25:00 / Ilm-fan

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni itoatkorlik va huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha chora tadbirlar dasturiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudi raisi Sh.Eshimov tomonidan joriy yilning 14 mart kuni Arnasoy tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Sud-odil sudlov qo‘rg‘oni” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dars mashug‘ulotida mazkur maktabning 10-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, odil sudlov takomillashtirish borasidagi qilinayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berilib, o‘quvchilarning o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Dars mashg‘uloti qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda olib borildi.
