Arnasoyda bahorgi dala ekinlari uchun qishloq xo‘jaligi texnikalari ta’mirlanmoqda
2025-03-04 10:30:00 / Yangiliklar

Arnasoy tumanida bahorgi dala ekinlarini tayyorlash jarayonida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 2024-yil bahorgi dala ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishni ko‘ngillariga tuggan arnasoylik bobodehqonlar, ayni kunlarda mavsumda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Ayni damda 163 dona chopiq traktori, 154 dona kultivator, 35 dona chigit ekish selkasi, 60 dona purkagich, 42 dona mineral o‘g‘it sepgich, 27 dona yer tekislagich, 34 dona chizel va 1 ming 230 dona tishli borona tegishli dislokatsiyalar asosida hududlarga yig‘ilib, ta’mirlash ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
“O‘zagroinspeksiya”ning Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan bahorgi dala ishlarida qatnashadigan 1500 dan ortiq traktor va qishloq xo‘jaligi texnika vositalarini ta’mirga tortish va ta’mirlash yuzasidan doimiy nazorat tadbirlarini o‘tkazmoqda.
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati



