✅ Umumiy oʻrta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining tuman bosqichi oʻtkazildi.
2025-04-17 14:55:00 / Yangiliklar

Angor tumanidagi "Baraka savdo" majmuasida oʻtkazilgan musobaqada oʻquvchilardan tarkib topgan tumandagi 34 ta maktab jamoalari oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.
🏆 O‘yin yakunlariga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇1-oʻrin. 29-maktab jamoasi;
🥈2-oʻrin. 15-maktab jamoasi;
🥉3-oʻrin. 8-maktab jamoasi.
🎉 Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar viloyat bosqichida Angor tumani sharafini himoya qilishadi. Eslatib oʻtamiz, ushbu turnirning respublika bosqichi gʻoliblariga umumiy qiymati 200 million soʻm boʻlgan pul mukofotlari qoʻyilgan.






