Rasmiy munosabat
2025-02-24 22:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi fermerlarga paxtani sotish tartibi yoki uni muayyan savdo maydonlarida majburiy sotish bo‘yicha topshiriq beradigan tashkilot emas.
Vazirlikning asosiy vazifasi ekin turlarining agrotexnik jihatdan to‘g‘ri yetishtirilishini tashkil etish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-texnik taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Agar fermerlar paxtani sotish bo‘yicha majburiy tartib o‘rnatilayotganini hisoblasa, bu masala tegishli organlar tomonidan atroflicha o‘rganilishi lozim. Shuningdek, hokimlik tizimining vazifalari va vakolatlari qonunchilik doirasida belgilangan bo‘lib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mahalliy hokimiyat organlariga bevosita topshiriq beruvchi organ hisoblanmaydi.
Shu munosabat bilan, fermerlarning manfaatlari va qonuniy huquqlarini ta’minlash maqsadida, ushbu holat bo‘yicha tegishli nazorat organlari tomonidan o‘rganish o‘tkazilishi lozim deb hisoblaymiz.