Hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi
2025-02-21 15:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda ikki qardosh davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda avval amalga oshirilgan loyihalarni jadallashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlarga qaramay, amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun hali ham katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi kelishuvlarni amalga oshirish, ilm-fanni rivojlantirish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida agrar sohadagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari, xususan, don mahsulotlari va chorvachilik yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda ikki davlat agrar tarmoq mutaxassislarining tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida aniq takliflarni ishlab chiqish va qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarida hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi.