O‘zbekistonda Koreya texnologiyasi asosida zamonaviy issiqxonalar barpo etilmoqda
2024-09-23 20:00:00 / Yangiliklar
Unda hamkorlikda olib borilayotgan “O‘zbekistonda aqlli fermer sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida amalga oshayotgan va kelgusida bajariladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida ushbu loyihada mamlakatimizning 5 ta viloyatida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida zamonaviy issiqxonalar barpo etish va aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish belgilangani ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, Toshkent va Samarqand viloyatlarida bunday issiqxonalar qurib bitkazilgan bo‘lib, hozirgi kunda Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida issiqxonalar barpo qilish uchun jihozlar tranzit holatida ekanligi qayd etildi.
Binobarin, Koreya aqlli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha professor-ekspertlar tomonidan respublikamizda mutaxassislar tayyorlanishi uchun xodim biriktirilishi hamda mazkur loyiha samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.