Qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash va ta’lim sohasidagi hamkorlik
2024-09-20 19:30:00 / Yangiliklar
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti hamda Koreya Respublikasining yetakchi dron texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi "Ko-Uz Drone Alliance" kompaniyasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligidagi uchuvchisiz uchish qurilmalarning ilg‘or yechimlari, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish maqsadida ko‘p tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat tomonlarning ilg‘or dron texnologiyalarini qo‘llash orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi amaliyoti va ta’lim dasturlarini takomillashtirishda hamkorlik qilish hamda qator sohaga oid tashabbuslarni o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatli.