Shilliqqurtlarga qarshi kurashning samarali usullari
2024-06-05 13:00:00 / Yangiliklar
Shilliqqurtlar quyoshdan pana va namlikda o‘zlarini yaxshi his qiladilar. Ulitka (salyangoz)lardan farqli o‘laroq, ular qobiq bilan himoyalanmaganligi sababli tunda ov qilishni ma’qul qo‘rishadi. Faoliyatining eng yuqori cho‘qqisi sentyabr oyida kuzatiladi.
Ularni doim ham uchratavermaymiz, ammo mavjudligidan darak beruvchi belgilar, harakat izlari ya’ni yarim shaffof och-ko‘kimtir izlarni ko‘rish mumkin.
Ularga qarshi kurashning samarali usullari:
* Pivo tuzoqlari: yarim litrlik bankalar yoki plastik stakanlarga pivoni uchdan bir qismiga to‘ldirib, bir yoki bir nechta shunday tuzoqlarni mollyuskalar eng ko‘p joylashgan joylarga joylashtiriladi, zararkunandalar uning hidini his qilib, tuzoq tomon odimlaydi va u yerga tushib qoladilar.
* Kaliy tuzi eritmasi: 1 kg kaliy tuzini 10 litr suvda eritiladi, rangi o‘zgargandan so‘ng, 20–30 daqiqa davomida o‘simlik yaproqlari va atrofdagi tuproqqa sepib ishlov beriladi, natijada zararkunanda ushbu o‘simlikka yaqinlashmaydi.
* Turli xil kukunlar: Shilliqqurtlar kukunlarni xush ko‘rishmaydi, masalan, 25 gramm tamaki kukuni va 25 gramm so‘ndirilgan ohak yoki 300 gramm o‘tin kul aralashmasini o‘simlik ustida sepib chiqish tavsiya etiladi.
* Xantal eritmasi: 150 gramm xantal kukunini 10 litr suvda eritilib, kunda kun ora egat oralariga sepib chiqiladi.
Shilliqqurtlar bilan kurashda maxsus vositalar — insektitsidlar “Aktellik”, “Rubit”, “Slizneyed”, “Meta”, “Groza” agar hosil pishib yetilish jarayonida bo‘lsa, biologik vositalarni tanlash yaxshiroq — masalan, “Ekstra Flor”, “Sumin” yoki “Limatsid”.
Eslatib o‘tamiz, har qanday preparatni ishlatishdan avval, ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qish tavsiya etiladi.
Qizig‘i shundaki, bu zararkunandalar toshcho‘p (timyan), rozmarin, shalfey, petrushka va lavandalarning hidini yoqtirmaydilar. Shu sabab, egat oralarida ekish ularga qarshi kurashning yana bir ko‘rinishidir.