Xalqaro-huquqiy hamkorlik
Yoʻnalish nomi |
2016 y |
2017 y |
2018 y |
2019 y |
2020 y |
Huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan xalqaro shartnomalar loyihalari |
216 |
206 |
290 |
469 |
267 |
Hukumat kafolatidagi qarz va kredit bitimlariga berilgan yuridik xulosalar |
15 |
20 |
20 |
31 |
17 |
Huquqiy yordam boʻyicha koʻrib chiqilgan hujjatlar |
3 609 |
5 411 |
11 252 |
7 530 |
2 418 |
Vazirlikda chet el rasmiy delegatsiyalari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlar |
17 |
51 |
110 |
79 |
36 |
Vazirlik xodimlarining chet el safarlari soni |
88 |
134 |
190 |
288 |
28 |
- 267 ta xalqaro shartnomalar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, yuridik xulosa berildi.
- “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish” dasturi doirasida “Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakolatxonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatining qoʻshma dasturi” tasdiqlandi.
- Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantonavelli bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
- Buyuk Britaniyaning Government Partnership International hamda Government Communication Service International, Buyuk Britaniya elchixonasi, AQSHning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID), Germaniyaning xalqaro hamkorlik boʻyicha jamiyati (GIZ), kabi yirik xalqaro donor tashkilotlarining texnik va moliyaviy koʻmagi jalb qilindi.
- Yaponiya, Fransiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Pokiston adliya vazirliklari bilan hamkorlik oʻrnatish boʻyicha kelishuvlar imzolandi.
- 2019-yil Amerikaning xalqaro rivojlanish Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini taʼminlashga yuridik kasbni rivojlantirishga hamda NNT va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan 3 yillik loyiha amalga oshirilishi boshlandi.
- SHXT Adliya vazirlari kengashi, “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi, “English Law day in Tashkent” xalqaro konferensiyasi kabi yirik tadbirlar tashkil etildi va oʻtkazildi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Adliya vazirliklari kengashiga qoʻshildi.
- "MADAD" NNTning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Buyuk Britaniyaning 322 ming AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordami jalb qilindi.