Inson huquqlarini himoya qilish
Yo'nalish nomi |
2016 y |
2017 y |
2018 y |
2019 y |
2020 y |
Jami kelib tushgan murojaatlar nomi |
99 430 |
95 090 |
50 134 |
103 518 |
90 041 |
Shu jumladan: |
|||||
Shikoyatlar |
80 859 |
78 037 |
27 463 |
49 629 |
42 794 |
Arizalar |
18 447 |
16 609 |
22 454 |
53 675 |
46 997 |
Takliflar |
124 |
444 |
217 |
212 |
250 |
Shundan: |
|||||
Qanoatlantirilgan |
20 677 |
17 954 |
20 943 |
56 751 |
50 342 |
Rad etilgan |
658 |
225 |
735 |
390 |
176 |
Huquqiy tushuntirish berilgan |
43 280 |
60 918 |
58 138 |
16 250 |
30 183 |
Sohani takomillashtirish bo‘yicha quyidagi normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilib Hukumatga kiritildi:
· Yer uchastkalari noqonuniy olib qo‘yilganligi va shu munosabat bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilash bo‘yicha Qonun loyihasi;
· Fuqarolarning qonuniy talablarini qondirish va ushbu sohada kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar (“yo‘l xaritasi”) loyihasi;
· Vazirlar Mahkamasi faoliyatida xalq bilan muloqot qilishning “qayta aloqa” vositalarini keng joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi;
· 2020 yil fevral-mart oylarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan joylarda ular uchun sharoitlar yaratilishi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi;
· “Inson huquqlari - oliy qadriyat” loyihasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Loyihasi doirasida Fuqarolarning mehnat huquqlariga oid bilimi va ularga rioya etilishi yuzasidan test, anonim va anketa so‘rovi” hamda “Fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlariga rioya etilishi” bo‘yicha aktsiyalar o‘tkazildi;
· Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi o‘rganildi;
· 2020 yil davomida 9 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari (shundan 6 tasi qonun va 3 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari);
Quyidagi sohalar o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga takliflar kiritildi:
- Doimiy propiska tizimini isloh qilish yuzasidan;
- Mulk huquqini himoya qilishni kuchaytirish yuzasidan;
- Uy-joy kodeksi loyihasi yuzasidan;
- Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan;
- Chin yetimlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tizimini takomillashtirish yuzasidan;
- Gender tenglik masalalari bo‘yicha;
- Alkogol mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni vaqtincha izolyatsiya qilish joylarini tashkil etish yuzasidan;
- Sud-tergov faoliyatini takomillashtirish yuzasidan.