Adliya vazirligi jamoatchilikka hisobot beradi
2025-03-07 12:55:00 / Vazirlik e'lonlari
Joriy yilning 27-mart kuni Adliya vazirligida “Ochiq eshiklar” kuni hamda anʼanaviy OAV va jamoatchilik vakillari bilan media tadbir boʻlib oʻtadi.
Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash, uning 2024-yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish, OAV va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlashdan iborat.
Ochiq muloqot va savol-javob tarzida oʻtkaziladigan tadbirda vazirlik faoliyati yuzasidan batafsil maʼlumot beriladi. Jurnalist va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Qachon?
27-mart, soat 15:00 da (“Ochiq eshiklar” kuni — 14:00)
Qayerda?
Toshkent shahri, Sayilgoh koʻchasi, 5
Bog‘lanish uchun: 71-207-04-38 (Axborot xizmati)