Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi to'g'risidagi ma'lumot ko'rsatilishi majburiy bo'lgan tovarlarning ro'yxati davlat ro'yxatidan o'tkazildi
2024-11-21 10:50:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan tovarlarning ro‘yxati va ularning belgilari (ro‘yxat raqami 3576, 2024-yil 19-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Xususan, mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatda ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar tomonidan plastmassalar, qog‘ozlar, metallar, yog‘och va yog‘och materiallari, to‘qimachilik, shishalar, kompozit materiallar, batareya va akkumulatorlar uchun qayta ishlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan belgilar ko‘rsatib o‘tilgan.
Ta’kidlash lozimki, yuqoridagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish jarayonida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilgan takliflar asosida ushbu hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n sakkiz oydan keyin kuchga kirishi belgilandi.
Ma’lumot uchun: Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan tovarlarning ro‘yxati va ularning belgilari avval Adliya vazirligida davlat ro‘xatidan o‘tkazilmasdan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan amalga kiritilgan bo‘lib, ushbu hujjat Adliya vazirligining tegishli taqdimnomasiga asosan bekor qilingan.