Adliya vaziri oʻrinbosari fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari bilan tanishdi
2024-11-16 12:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev poytaxtning Yakkasaroy va Yunusobod tuman davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari faoliyati bilan tanishdi.
Vazir oʻrinbosari tuman adliya organlari ish faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni hamda sifatini koʻzdan kechirdi. Aholiga xizmat koʻrsatishda imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish borasida oʻz taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.
Aholini uyma-uy yurib muammolarini oʻrganish boʻyicha berilgan topshiriqlarning ijrosini toʻliq taʼminlash, “Adliya kuni” tadbirlarini oʻtkazib borish boʻyicha adliya boʻlimi masʼul xodimlariga koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishildi.