Adliya vaziri Akbar Toshqulov Fargʻonaga xizmat safarini yaqinda foydalanishga topshirilgan X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazi viloyat boʻlimining yangi binosi bilan tanishishdan boshladi.
2024-11-12 17:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Sud ekspertiza markazining viloyat boʻlimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ekspertiza turlari, takomillashtirilgan zamonaviy moddiy texnika bazasi hamda boʻlimda yangi tashkil etilgan odam DNKsi sud biologik ekspertiza laboratoriyasi bilan tanishildi.
Adliya vaziri ushbu boʻlim nafaqat sud ekspertlariga, balki jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatiga yaqindan yordam berishga koʻmaklashishini taʼkidladi.
Fuqarolarning buzilgan huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikni tez va toʻla fosh qilish hamda sud va tergov organlarining ortiqcha ovoragarchiligining oldini olish hamda sud-ekspertiza xulosalarini qisqa muddatlarda olishlariga xizmat qilishi borasida ham oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.