Adliya vaziri oʻrinbosari “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi mamlakatlarining intellektual mulk boʻyicha oliy darajadagi uchinchi konferensiyasida qatnashdi
2024-09-16 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Xitoyning Pekin shahrida Milliy intellektual mulk maʼmuriyati va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan birgalikda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi mamlakatlarining intellektual mulk boʻyicha oliy darajadagi uchinchi konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirdan asosiy maqsad — “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi mamlakatlarining intellektual mulk sohasida ochiqlik, birdamlik, oʻzaro manfaatdor hamkorlik oʻrnatish hamda sohani rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarni amalga oshirishdan iborat.
Shuningdek, konferensiya doirasida intellektual mulk sohasida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlar orqali innovatsiya va ijodkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, vazirlik oʻziga yuklatilgan intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish bilan bogʻliq vazifasini samarali amalga oshirishda xalqaro tajriba almashish muhim ahamiyat kasb etadi.