Maʼmuriy tartib-taomillarga oid qoʻllanma taqdimoti boʻlib oʻtdi
2024-09-13 10:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun, 13-sentabr kuni Adliya vazirligida “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning ayrim prinsiplariga doir tushuntirishlar boʻyicha ishlab chiqilgan qoʻllanma taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Yaponiya Adliya vazirligi masʼullari hamda Oʻzbekistonning 20 dan ortiq davlat idoralarining vakillari ishtirok etdi.
Qoʻllanma maʼmuriy tartib-taomillarning “qonuniylik”, “mutanosiblik”, “teng huquqlilik”, “ishonchning himoya qilinishi”, “maʼmuriy ixtiyoriylikning (diskresion vakolatning) qonuniyligi” va “tinglanish imkoniyatining mavjudligi” kabi jami 6 ta prinsiplariga tushuntirishlarni, Oʻzbekiston va Yaponiya qonunchiligini qoʻllashga oid hayotiy misollarni oʻz ichiga oladi.
Qoʻllanma fuqarolarga, maʼmuriy huquqni qoʻllovchi mansabdor shaxslarga, oʻquvchi va talabalarga, umuman olganda aholining barcha qatlami uchun moʻljallangan boʻlib, sodda va xalqchil tilda bayon etilgan.