Asosiy kontentga o'tish

Tadbirkorlar uchun yana bir yengillik yaratilib, ularning ortiqcha maʼmuriy sarf-xarajatlari oldi olinmoqda

2024-08-20 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun, 20-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Loyiha bilan maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilishi yoki ularning chegaralari oʻzgarishi natijasida qayta davlat roʻyxatidan oʻtishlari lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslar tegishli davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan shaxslar toifasiga kiritilmoqda.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Nukus shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilayotgan bir paytda mazkur qonun loyihasining koʻrib chiqilishi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga oid olib borilayotgan islohotlarni davom ettirib, kelgusida ularning ortiqcha maʼmuriy sarf-xarajatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi va ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

129