
Tashqi siyosat va Xavfsizlik

Saidov Baxtiyor Odilovich
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Tаshqi ishlаr vаziri

General-leytenant Xalmuxamedov Shuhrat G‘ayratjonovich
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri

General-mayor Ikrоmov Azizbek Israilovich
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Favqulоddа vаziyatlаr vаziri

Tashpulatov Aziz Anvarovich
O‘zbеkiston Rеspublikаsi ichki ishlаr vаziri
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 159 ta davlati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Toshkentda 47 ta chet el elchixonalari, 3 ta bosh konsullik, 13 nafar faxriy konsullar, 26 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 28 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 60 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi.
Oʻtgan yillarda mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Milliy armiyamiz zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta'minlanmoqda. Harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy-ruhiy tayyorgarlik darajasi izchil oshirib borilmoqda, mudofaa sanoatining salohiyati mustahkamlanmoqda.
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida yangi taktik usullar joriy etilib, mashg‘ulotlar soni va shiddati 1,5 barobarga oshirildi, uchuvchisiz uchish apparatlari bo‘linmalari va mutaxassislar tayyorlash markazlari tashkil etildi.
Armiyani raqamlashtirish bo‘yicha boshlangan ishlar natijasida axborot xavfsizligi, boshqaruv va ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi sezilarli darajada oshdi.
Harbiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga ustuvor e'tibor qaratilmoqda. Harbiy ta'lim tizimi tubdan yangilanib,malakali professor-o‘qituvchi va instruktorlardan iborat Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etildi. Ta'lim jarayoniga o‘qitishning ilg‘or raqamli texnologiyalari, jumladan, sun'iy intellektga asoslangan va zamonaviy baholash tizimlari joriy etilgani harbiy kadrlar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqdi.

