Eski favvora yangi qiyofa kasb etadi
2025-07-18 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov ZQB binosi oldidagi eski favvorani rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishdi. Ta'mirlash ishiga mas'ul rahbarlarning hisobotlarini tingladi. Shahrimiz hokimi favvora zamonaviy talablar asosida qurilish lozimligini ta'kidladi. Nazirbek Rahmanov bu boradagi o‘z takliflarini aytib o‘tdi. Bunda ishning sifatli bajarilishiga alohida e'tibor berish topshirildi.
Favvora Zarafshon shahrining 60 yillik yubileyi uchun yana bir sovg‘a bo‘ladi. Rekonstruksiya ishlari yakuniga yetgach favvora atrofi shahrimiz aholisi uchun yana bir so‘lim go‘shaga aylanadi.








