Atamalar
Yoshlar ishlari agentligi — O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechim topish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi davlat tashkilotidir.
Yoshlarga oid davlat siyosati — Davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi
Volontyor — (oʻzbekcha — koʻngilli) — oʻz xohishi bilan vaqti va mehnatini biror-bir jamoat ishiga, hech qanday manfaatsiz ixtiyoriy taklif etadigan shaxs yoki guruh. Bu ish bilan shug‘ullanish jarayoni volontyorlik deb yuritiladi. Koʻpgina koʻngillilar tibbiyot, taʼlim yoki favqulodda vaziyatlarda qutqaruv kabi sohalarda maxsus oʻqitilgan. Boshqalar esa kerak boʻlganda, masalan, tabiiy ofatga javob sifatida xizmat qiladi.
Yoshlar yetakchisi — har bir mahallada “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish uchun mahallada faoliyat olib borayotgan xodim.
“Yoshlar balansi” — mamlakatning 14-30 yoshdagi barcha yosh fuqarolari haqidagi ma’lumotlar bazasi. Platformada yoshlarning ta’limga qamrab olinganligi, ish bilan bandligi, oilaviy holati, ijtimoiy ahvoli, salomatligi, iqtidori va qiziqishlariga oid eng muhim ma’lumotlar jamlanadi.
Kompensatsiya— 1. Biron narsa badaliga haq toʻlash, mukofot berish. 2. Mehnat qonunchiligida: qonunda belgilangan hollarda mehnat majburiyatlarini bajarishdagi qoʻshimcha xarajatlar uchun ishchi va xizmatchilarga beriladigan toʻlov; tovon puli.
Strategiya — bu biron yutuq yoki maqsadga erishishda tuzilgan va u asosida harakat qilinadigan reja va qoidalar to‘plamidir.
Subsidiya — (lotincha: subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllab-quvvatlash) — davlat budjeti, mahalliy budjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam. Mablagʻlar koʻrinishidagi aniq manzilli Subsidiyalar bevosita, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita Subsidiya deb ataladi. Subsidiya davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Subsidiyalar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban oʻzgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, milliy sanoatni oʻstirish, ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va boshqa maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga qoʻshimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur boʻlganda davlat oʻz tovarlarini zaxiraga oʻtkazib turgan firmalarga Subsidiya berib, tovarlarni saqlab turish harajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham Subsidiya oladi.
“UzChess”— shaxmatni bepul, tez va oson o‘rganish uchun yaratilgan videodarsliklar jamlanmasi.
“WikiStipendiya”— jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida tashkillashtirilgan loyiha.
“Ibrat Farzandlari “— o‘zbek va xorijiy tillarni bepul, oson va kreativ usulda o‘rganish uchun yaratilgan ilova.
“Mutolaa“— o‘zbek tilidagi eng sara elektron va audiokitoblar jamlangan ilova.
“Ustoz AI” — zamonaviy kasblarni bepul oʻrgatuvchi videokurslar platformasi.
“1000Kitob” — Eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan oʻzbek tiliga o‘girish va chop etish boʻyicha loyiha.
Qizlar akademiyasi — Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda bepul sifatli onlayn oʻqitish platformasi.
Seminar— (lot. seminarium — koʻchatxona; maktab) —1) oliy yoki oʻrta maxsus maktab talaba (oʻquvchi)larining muayyan nazariy kursni qanchalik oʻzlashtirganliklarini aniqlash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv amaliyotining muhim turlaridan biri.
Sun’iy intellekt — tezkor hisoblash muhitida algoritmlar yaratish va qo‘llash orqali insonning aql-idrok jarayonlariga taqlid qilish.
“Yoshlar daftari”— ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.
Xatlov — o‘zbek tilida “xatlash” (ya’ni, xat yozish) yoki “xat yozib qo‘yish” degan ma’nolarni bildiradi. Bu so‘z asosan xat yozish yoki rasmiy xatlarni tayyorlash jarayoni bilan bog‘liq ishlatiladi. Xatlov jarayonida xat yozish yoki uni ko‘rib chiqish, tekshirish va tasdiqlash kabi ishlarga e’tibor qaratiladi. “tekshirish”, “o‘rgatish” yoki “nashr qilish” kabi ma’nolarda ham ishlatilishi mumkin.
Kreativ park — animatsiya darslari, seminar trening va amaliy mashg‘ulotlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish imkoni mavjud bo‘lgan, shuningdek ko‘rgazmalar uchun maydonlar, vorkaut, bolalar maydonchasi, ayvonli o‘rindiq (besedka) hamda sun’iy qoplamali futbol maydonchasini o‘z ichiga olgan, 24/7 holatida faoliyat yuritadigan maskan.
Top 100 Uni — bu O‘zbekistonning yosh yetakchilari uchun dunyoning TOP 100 ta universitetlari qatoriga kirishlari uchun imkoniyatlar beruvchi loyiha.
Besh tashabbus olimpiadasi — O‘zbekistonda oʻtkaziladigan ommaviy musobaqa va tanlovlarni oʻz ichiga olgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi „Mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-201-son qarorining 4-xatboshi „a“ bandi asosida har yili anʼanaviy tarzda amalga oshiriluvchi keng miqyosdagi tanlov.
Delegatsiya— biror tashkilot yoki davlat tomonidan belgilangan, yuborilgan vakil-lar guruhi. Savdo delegatsiyasi, chet el delegatsiyasi.