“Men radikalizmga qarshiman” ko‘rik-tanlovi
2024-03-20 14:30:00 / Yangiliklar
Tanlov 14-18-yosh toifasi “Insholar tanlovi” va 19-30-yosh toifasida “Video-roliklar” tanlovi yo'nalishlarida tashkil etiladi
Ijodiy ishlar 20-mart sanasidan 20-iyun sanasiga qadar quyida ko’rsatilgan telegram sahifalariga jo‘natiladi.
📑 Insholarni quyidagi havolaga; Radikalizm insho
🎥Video roliklar quyidagi havolaga; Radikalizm video
📞Batafsil ma’lumot uchun telefon (90) 578-76-71
“Men radikalizmga qarshiman” onlayn ko‘rik-tanlovni tashkil etish
TARTIBI
2. Mazkur ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad - yurtimizda ekstremizm va radikalizm gʻoyalarining oldini olish boʻyicha amaliy ishlar va chora-tadbirlar zamirida yurt-tinchligini asrash, yoshlarni buzgʻunchi va yot qarashlardan saqlash, diniy qadriyatlarni himoya qilish singari maqsadlar yotadi.
3. Ko‘rik-tanlov 2024-yilda quyidagi ikki yo‘nalishda onlayn tarzda o‘tkaziladi:
birinchi yo‘nalish (20-martdan 20-iyungacha) - 14-18 yoshlilar o‘rtasida insholar tanlovi;
ikkinchi yo‘nalish (20-martdan 20-iyungacha) -19-30 yoshlilar o‘rtasida video roliklar tanlovi.
Taqdim etiladigan insholar va videoroliklar radikalizm g‘oyalariga qarshi tayyorlanishi lozim.
4. Tanlovning har ikki yo‘nalishi ham 20-mart kuni @antiradikalbot Telegram botida start oladi va 20-iyunga qadar davom etadi. Ishtirokchilar botda so‘ralgan savollarga javob berib, o‘zlarining ijodiy ishlarini (word, pdf, mp4) shaklda jo‘natadilar.
5. @antiradikalbot dan foydalanishda foydalanuvchilar to‘liq ro‘yxatdan o‘tishlari va telefon raqamlarini kiritishlari lozim. To‘liq ro‘yxatdan o‘tmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritgan foydalanuvchilarning ishtiroki haqiqiy emas, deb hisoblanadi. Botga quyidagi ma’lumotlar kiritilishi zarur:
a) F.I.O;
b) Qaysi viloyat, tuman, mahalla nomi;
d) Ta’lim muassasasi nomi;
e) Yoshi;
f) Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki Passport (ID), JSHSHIR (PINFL) ma’lumotlari;
g) Bog‘lanish uchun qo‘shimcha telefon raqam;
h) Insho yoki videroligini yuklash.
6. @antiradikalbot Telegram botda 1-iyungacha jo‘natilgan ijodiy ishlargina qabul qilinadi (mualliflik huquqini buzgan ishtirokchilarning ishlari qabul qilinmaydi). Muddat tugagandan so‘ng topshirilgan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi. Tanlovda bir ishtirokchi faqat bir marta ishtirok eta oladi hamda bitta turda ikki yoki undan ortiq marta qatnashgan ishtirokchilarning natijasi inobatga olinmaydi.
7. Taqdim etilgan ijodiy ishlar malakali ekspertlar tomonidan baholanadi. Ikki ishtirokchining ijodiy ishi malakali ekspertlar guruhi tomonidan bir xil deb topilsa, ikkala ishtirokchi ham tanlovdan chetlashtriladi va ularning natijasi inobatga olinmaydi.
8. @antiradikalbot da tanlovga qabul qilinadigan ijodiy ishlarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng barcha ijodiy ishlar jamlanib, malakali ekspertlarga tekshirish va ularni baholash uchun taqdim etiladi. Ishtirokchilardan ijodiy ishlarni yaratishda plagiatdan foydalanmaslik talab etiladi.
9. O‘zlarining ijodiy ishlarini telegram bot orqali jo‘natgan ishtirokchilar botdan to‘liq ro‘yxatdan o‘tib ijodiy ishlarini jo‘natganlaridan so‘ng “Siz botdan muvaffaqiyatli ro‘yxtadan o‘tdingiz va tanlov ishtirokchisiga aylanganingiz bilan tabriklaymiz!” mazmundagi xabar jo‘natiladi. Shundagina ishtirokchi berilgan topshiriqlarni to‘liq yakunlagan hisoblanadi. Tanlov yakunida har ikki yo‘nalishda eng yuqori natija ko‘rsatgan 6 nafar (1-yo‘nalishda 1, 2, 3-o‘rin, 2-yo‘nalishda 1, 2, 3-o‘rin) ishtirokchi ijtimoiy tarmoqlar (t.me/yoshlaragentligi va t.me/Yoshlar_va_Qonun telegram kanali) va “Mening yurtim” telekanali orqali e’lon qilinadi.
10. @antiradikalbot ga taqdim etgan ijodiy ishlardan eng yuqori ball to‘plagan har ikki yo‘nalishda 1, 2, 3-o‘rinlarni olgan 6 nafar ishtirokchi dekabr oyida belgilangan tartibda taqdirlanadi.
11. Tanlovning ikki yo‘nalishida ekspertlar tomonidan eng yaxshi deb topilgan mazmunli, sifatli va kreativ yondashilgan ijodiy ishlar g‘olib deb topiladi va tegishli tartibda qimmatbaho sovg‘a va sertifikat bilan taqdirlanadi.