Navbatdagi Prezident sovg‘asi o‘z egasini topdi
2025-03-29 13:00:00 / Yangiliklar
“Yosh kitobxon” tanlovi 2024-yilgi mavsumining respublika final bosqichi yakunlandi.

Joriy yilning 24-mart sanasida Andijon viloyatida start olgan tanlovning final bosqichi 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifalari o’rtasida o’tkazildi.
Tanlovning 20-30 yosh toifasidagi g’oliblari bilan tanishing:
1-o‘rin — Ochilova Maftuna (Xorazm viloyati) – 339 ball, Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili;
2-o‘rin — Hamdamova Shamshoda (Buxoro viloyati) – 303.6 ball bilan 75 million so‘m;
3-o‘rin — Ochilova Muxlisa (Samarqand viloyati) – 279.7 ball bilan 50 million so‘m;
Final bosqichida qatnashgan ishtirokchilarning barchasi 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.