1-mart – O‘zbek xalqining ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!
2025-03-01 09:00:00 / Yangiliklar

Bugun bahor nafasi tuyulgan ushbu kunda, nafis va takrorlanmas she’rlari bilan qalblarga bahor olib kirgan, millatimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan.
1915-yil 1-martda Toshkent shahrida dunyoga kelgan shoiraning ijodi, go‘zal tabiat, insoniy tuyg‘ular va samimiy muhabbat bilan yo‘g‘rilgan. Uning quyidagi satrlari har bahorda yuraklarga iliqlik baxsh etadi:
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
“Dalada bir kun”, “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Lolaqizg‘aldoq”, “Quyoshli qalam” kabi to‘plamlari kitobxonlar qalbidan mustahkam o‘rin egallagan.
Shoiraning she’rlari yuraklarni junbishga keltiradi, bahor kabi yangilanish, go‘zallik va hayotga mehr uyg‘otadi. Bugun esa u tavallud topgan kun – go‘zal satrlarini eslash, ruhini yod etish uchun eng munosib kun!
#Zulfiyaxonim #Bahor #1Mart