Yoshlar – kelajak bunyodkori
2025-02-28 20:30:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida yosh xodimlar, vazirlikka biriktirilgan yoshlar hamda mahalliy tadbirkor-eksportchilar ishtirokida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari X.Teshaboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator A.Sa’dullayev, Yoshlar – kelajagimiz jamg‘armasi direktori X.Sattorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bo‘lim rahbari A.Umarova hamda Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining asoschisi Z.Hoshimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, yangi startaplarni yo‘lga qo‘yish hamda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, yoshlarning eng sevimli loyihalariga aylanib ulgurgan “Ibrat Farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI” va “UzChess” haqida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida vazirlikning eng faol yosh xodimlari, ishlab chiqarish va eksport sohasida yuksak natijalarga erishgan yosh tadbirkorlar taqdirlandi.