BMT va O‘zbekiston: Yoshlar siyosatidagi hamkorlik yangi bosqichda!
2025-02-25 09:20:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova boshchiligida BMT Yoshlar ofisi departamenti rahbari S. Balakrishnan hamda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari ishtirokida muhim hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, BMT bilan olib borilayotgan hamkorlik va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida muhokama qilingan asosiy masalalar:
- “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbusni amalga oshirish doirasida BMT huzuridagi ishchi guruh bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
- BMTning “Kelajak pakti” doirasida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishini O‘zbekistonda yuqori saviyada amalga oshirish.
- 2025-yil 15-may Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan tashkil etiladigan Global Yoshlar festivali doirasida raqamli “Yashil” tashabbuslar tadbirlarini BMT Yoshlar ofisi bilan hamkorlikda o‘tkazish.
- O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi ushbu hamkorlik yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi!
Shuningdek, mehmonlarga Agentlik binosida tashkil etilgan eng ommabop loyihalar tanishtirildi. Ayniqsa, “Mutolaa” loyihasi doirasida yaratilgan “Qo‘rqma” hujjatli filmiga katta qiziqish bildirildi. Mazkur filmning o‘zbek, ingliz va turk tilida ham tayyorlanganini ko‘rib, o‘zbek yoshlari orasida chet tillariga nisbatan katta qiziqish va e’tibor borligi alohida ta’kidlandi.
#BMTvaO‘zbekiston #YoshlarSiyosati