Yoshlar – xalqimizning, Vatanimizning oltin fondi!
2025-02-17 19:00:00 / Yangiliklar
Iqtibos

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan samimiy muloqotidan iqtiboslar!
- Yoshlar – xalqimizning, Vatanimizning oltin fondi!
- Bugungi kunda biz mard va matonatli xalqimizga, serg‘ayrat yoshlarimizga ishonganimiz uchun o‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qo‘ymoqdamiz, marrani baland olmoqdamiz!”
- Kelgusida Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiylar qayerdan paydo bo‘ladi? Bu ulkan vazifalarni kim bajaradi? Men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman: albatta, bu ezgu g‘oyalarni sizlar – bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari amalga oshirasizlar!
- O‘g‘il-qizlarimiz, yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini sezib, shundan o‘zlariga beqiyos kuch olmoqda.
- Buyuk jadid bobolarimiz “Ilmsiz inson, mevasiz daraxt kabidir” deb, bejiz aytmagan. Kambag‘allikdan chiqishning eng samarali yechimi ham – bu ta’lim. Shuning uchun, kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlarni yaratamiz!
- Men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz.
- Barcha rahbarlar yaxshilab eshitib olsin: 2025-yil – O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish yili bo‘ladi!
- Yoshlar buyuk kelajagimizning asosiy bo‘g‘ini ekanligini tushunmagan rahbar bizning safimizda bo‘lishga haqqi yo‘q.
#mirziyoyev #yoshlar #iqtibos #2025