“Yosh kitobxon” tanlovining Xorazm bosqichi yakunlandi!
2025-02-06 13:00:00 / Yangiliklar

Kimdir elektromobil yutib, bobosiga sovg‘a qilishni orzu qiladi, kimdir esa ilm yutug‘i bilan ota-onasini xursand qiladi! Bizning bilimdonlar esa o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘ygan – bilim, tafakkur va mutolaa olamida g‘olib bo‘lish!
Eslatib o‘tamiz, tanlovning hududiy bosqichi g‘oliblari:
- uchta yosh toifasida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri Respublika bosqichiga yo‘llanma, diplom bilan;
- uchta yosh toifasida 2-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri noutbuk, diplom bilan;
- uchta yosh toifasida 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri planshet, diplom bilan;
- uchta yosh toifasida qolgan barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va sertifikat bilan taqdirlanadi.
Tanlov g‘oliblari bilan tanishing;
10-14 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin – Niyazmetova Bikajon Xamza qizi, Yangiariq tumani “G‘altak” mahallasi;
2-o‘rin – Rozzoqova Lolaxon Alisher qizi, Hazorasp tumani “Karvak” mahallasi;
3-o‘rin – Ismailova Imsinoy Kamoladdin qizi, Xonqa tumani “Durgadik” mahallasi;
15-19 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin – Ozodova Dilnoza Dilshod qizi, Shovot tumani “Beshmergan” mahallasi;
2-o‘rin – Zarifboyeva Komila Ulug‘bek qizi, Gurlan tumani “Ma’rifat” mahallasi;
3-o‘rin – Farxadova Maftuna Sanjarovna, Bog‘ot tumani “Nayman” mahallasi;
20-30 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin – Ochilova Maftuna Omonjon qizi, Urganch shahar “Nurli hayot” mahallasi;
2-o‘rin – Yaqubova Donoxon Xo‘janazar qizi, Yangiariq tumani “Jaloil” mahallasi;
3-o‘rin – Madaminova Dilnura Baxodir qizi, Urganch tumani “Oq oltin” mahallasi.