30-iyun – “Yoshlar kuni”
2025-06-30 / Voqealar taqvimi
30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2017-yil 30-iyun kuni boʻlib oʻtgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida ilk bor “Yoshlar kuni”ni nishonlash toʻgʻrisida e’lon qilgan.
Mazkur sana doirasida mamlakatimizda har yili turli xil tadbirlar, jumladan, sport musobaqalari, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari, iqtidorli yoshlarni e’tirof etish va konsert dasturlari tashkil etiladi. Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor va ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Yoshlar kuni nafaqat bayram, balki u yoshlarga o‘z kelajagini qurishda yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradigan ilhom manbai hamdir. Ushbu kun yoshlarga o‘z salohiyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, o‘z orzularini amalga oshirish va yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish uchun ulkan motivatsiya beradi.
Yoshlar kuni – kelajak bunyodkorlariga bo‘lgan ishonchning ramzi!