Asosiy kontentga o'tish

“Kelajak kasblari-2024” forumi

2024-06-07 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 5-7 iyun kunlari poytaxtimizda “Kelajak kasblari-2024” forumi o’tkazildi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Kelajak kasblari” loyihasi nima, ushbu loyiha yoshlarga bugungi kunda qanday imkoniyatlarni yaratmoqda?


“Yoshlar daftari”ga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitish uchun ariza topshirgan, mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan tavsiya etilgan yoshlar maxsus elektron tizim orqali avvalo o‘zlariga qulay va ma’qul bo‘lgan o‘quv markazda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Bugungi global davrda yoshlardan zamonaviy kasblarni o‘rganishi uchun davlatimiz tomonidan yetarli shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda. “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ushbu loyihaning biroz tahliliy jihatlariga e’tibor qaratamiz.

“Kelajak kasblari” loyihasida bugungi kungacha 20 ming nafardan ortiq yoshlar 35 yaqin yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitildi va ularga jami 50  mlrd so‘mga yaqin miqdorida yordam ko‘rsatildi.

560nafar yoshlar xorijiy tillar sertifikatini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bunda eng yuqori natija Farg‘ona 45 nafar, Navoiy 40 nafar, Buxoro viloyatlari 33 nafar yoshlar (396 ta IELTS, 164 ta CEFR) olgan.

Ushbu til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlar asosan o‘quv markazlarida o‘qituvchi bo‘lib ishlamoqda va ularning o‘rtacha oylik daromadi 3-6 mln. so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, Arxitektura 221 nafar, Dasturlash 582 nafar, Dizayn 147 nafar, SMM, 3D max, AvtoCad, buxgalteriya, mobilografiya, logistika kabi boshqa yo‘nalishlarni jami 2 011 nafar yoshlar yakunlab 3-8 mln so‘m miqdorda daromad topmoqda.

“Kelajak kasblari” loyihasiga jami 31 396 nafar ariza kelib tushgan. Shundan ikkinchi mavsumda 17 746 nafar yoshlar ariza topshirgan bo‘lib, 10 962 nafar yoshlarning arizasi tasdiqlangan. 4  425 nafar yosh hozirda o‘qimoqda.

Loyihada o'quv markazlarining 170 ga yaqin filiallari loyiha uchun face-id tizimlarini o‘rnatildi va maxsus kabinet orqali mavsum davomida o'rtacha 62% davomat qayd etildi.

 

Forum haqida

“Yoshlar oyligi” doirasida joriy yilning 5-7-iyun kunlari “Kelajak kasblari-2024” forumi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu forumga Respublikamizning barcha hududlaridan 100 nafar eng iqtidorli loyiha ishtirokchilari, 25 nafar nodavlat ta’lim tashkiloti rahbarlari taklif etilgan. Forumning birinchi kunida poytaxtimizdagi yirik IT kompaniyalar, yetuk o‘quv markazlariga ishtirokchilar tashrif buyurdi. Jumladan, Raqamli texnologiyalar vazirligining loyihalari, mamlakatda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan eng kuchli taqdimotlar bilan tanishishdi. Shuningdek, o‘quv markazlarini rivojlantirish, shaxs intizomi va maqsadlari yuzasidan “Najot Ta’lim” o‘quv markaziga amalga oshirilgan tashrif yoshlarga va o‘quv markaz rahbarlariga manfaatli bo‘ldi.

Forumning ikkinchi kuni erta tonga muhtasham “Yoshlar ijod saroyida” 500 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida master-klass bilan boshlandi. Master-klassda mamlakatimizdagi eng kuchli AyTi kompaniya rahbarlari, mutaxassislar spiker sifatida ishtirok etdi. Master-klass qiziqarli va yoshlarga manfaatli savol-javoblar bilan davom etdi.

Kunning ikkinchi yarmida loyiha ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, forum ishtirokchilari, hududiy studiyalardan loyihaning boshqa o‘quvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida loyihaning sarhisobi, kelgusidagi rejalari va istiqbolli maqsadlar yuzasidan suhbatlashildi. Yirik IT tadbirkorlar tomonidan shu yerning o‘zida yoshlarga xorijda ishlash takliflari berildi.

4463

Oxirgi yangilanish: 2024-06-07 11:03:44

“Kelajak kasblari-2024” forumi